Kecha musofir, bugun – tadbirkor
Turmush oʻrtogʻim Jumaboy Sanoqulov uch yil chet elda ishladi. Bilasiz, musofirlikning noni qattiq. Unga ham, oilamizdagilarga ham oson boʻlgani yoʻq.
Qishloqqa qaytdi-yu yurtimizdagi oʻzgarishlarni koʻrib, tadbirkorlik bilan shugʻullanishga ahd qildi. Devor toʻsinlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oilaviy korxona tashkil etdi. Bizga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 50 million soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratilgani ayni muddao boʻldi. Oʻnga yaqin ishchimiz bor. Aksariyati xorijda ishlab qaytgan yigitlar. Barchasi durustgina maosh olmoqda. Endi migrantlik davridagi qiyinchiliklar ularga butkul yot. Oʻzim ham qarab turganim yoʻq. Maxsus texnologiya asosida simlarni toʻqish bilan shugʻullanaman. Bu toʻsinlarning mustahkamligini taʼminlaydi.
Shukr, oilamiz oʻziga tinch. Turmushimiz yaxshi tomonga oʻzgardi. Farzandlarimizning ertasidan koʻnglimiz toʻq. Yaratganga shukr aytaman. Axir, yaqin-yaqingacha roʻzgʻor tebrataman, deb oʻzga yurtlarda sarson-sargardon boʻlgan, ne-ne qiyinchiliklarni boshidan kechirgan turmush oʻrtogʻim bugun – tadbirkor.
Oilaviy korxonamiz faoliyatini kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish niyatidamiz. Yangi 2026-yilni ana shunday ezgu niyatlar bilan qarshi olyapmiz.
Gulmira VOHIDOVA,
Shofirkon tumani.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring