Kattaqoʻrgʻonda chigit yangicha usulda ekilmoqda

16:08 07 Aprel 2020 Jamiyat
822 0

Kattaqoʻrgʻon tumani paxtakorlari bu yil birinchi marotaba soatiga 179 ming dona urugʻ qadaydigan zamonaviy pnevma seyalkalarida chigit ekishni boshladi.

Joriy yilda 10 ming 974 gektar maydonda paxta xomashyosi yetishtirishni reja qilgan tuman paxtakorlari ekiladigan urugʻlik chigitni toʻliq Germaniyada ishlab chiqarilgan dorilar bilan ishlov berib, gektariga 100 kilogramm kaliy, 200 kilogramm 46 foizli fosfor bilan ekishmoqda.

2020-yilgi chigit ekish tadbirlari tumandagi Muhammad Sayfullayev fermer xoʻjaligi dalalarida oʻtkazildi.

- Yangi turdagi chigit ekishning afzalligi avvalgi usullardan tubdan farq qilib, odatiylaridan ber necha bor samarali va chigitni bexato ekishi bilan ahamiyatli, — deydi tuman hokimi A.Bahromov. — Bu albatta kuzda hosil sifati va salmogʻiga taʼsir koʻrsatadi. Hozir barcha hududlarda karantin joriy etilgan boʻlsa-da, dehqon-fermerlarimiz xalqimizning ertangi rizqi uchun bugun daladagi yumushlarini ado etishmoqda. Dehqonning bugungi mehnati ertaga albatta samarasini beradi.

Shundan soʻng tumandagi barcha fermer xoʻjaliklarida chigit ekish ishlari boshlandi.

Muallif: Abdulaziz Yoʻldoshev,
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?