Karantinda “eplab koʻchada yurgan”lar 15 kunga qamaldi
arxiv foto
Ijtimoiy tarmoqlarda karantin talablarini buzish holatlari aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu videolar mualliflari Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, ushlandi.
Bugun Yunusobod tuman maʼmuriy sudida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish) hamda 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar harakatlari boʻyicha K. Majidova (1998-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan), U. Hamidov (1993-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) va O. Razыkov (1990-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan) ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi.
Aniqlanishicha, yuqoridagi fuqarolar 2020-yil 1-aprel kuni soat taxminan 18:00 larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasidagi Amir Temur hiyobonida mamlakatimizda oʻrnatilgan karantin talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish qoidalarni buzishgan. Shuningdek, xavfsizlik niqobini taqmagan holda Amir Temur haykali meʼmoriy yodgorligi oldida koronavirus epidemiyasi Oʻzbekistondan qachon ketishi haqida soʻrab, Amir Temur shaxsiga hurmatsizlik qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlarini videotasvirga tushirib, olingan videolavhani 2020-yil 6-aprel kuni Internetdagi ijtimoiy tarmoqga joylashtirishgan.
Sud K. Majidova, U. Hamidov va O. Razыkovning aybi, ular bergan koʻrsatmalaridan tashqari bildirgi, ish boʻyicha olingan tushuntirish xatlari, maʼmuriy bayonnomalar hamda ish boʻyicha toʻplangan boshqa hujjatlar bilan oʻz tasdigʻini topgan deb hisobladi.
Yunusobod tuman maʼmuriy sudining 2020-yil 7-apreldagi qaroriga koʻra, K. Majidova, U. Hamidov va O. Razыkov Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54, 183 moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash) tartibida uzil-kesil 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring