Yoʻl harakati normalari zamon talablariga moslashtirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishda dastlab “Yoʻl harakati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, amaldagi qonunning qabul qilinganiga qariyb 9 yil boʻldi. Ushbu qonun normalari bugungi shiddat bilan oʻzgarayotgan zamon talablariga, amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻla mos kelmasligi bilan birga yoʻl harakatini tashkil etish bilan bogʻliq munosabatlarda bir qator muammo va kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida yoʻl harakatini tashkil etishga qoʻyiladigan umumiy talablarga, yoʻl harakatini tashkil etish samaradorligini taʼminlash tadbirlariga, yoʻl harakatini tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlariga va texnik vositalariga aniqlik kiritilgan.
Shu bilan birga, yoʻllarda transport vositalari harakatini cheklash yoki taqiqlash, toʻxtab turish joylariga qoʻyiladigan talablar, pulli toʻxtab turish joylaridan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmaydigan shaxslar belgilanib olindi.
Loyihada yoʻl harakatini tashkil etishni hujjatlashtirish, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir talablar, yoʻl harakati xavfsizligini tibbiy jihatdan taʼminlash kabi normalar koʻp yillik tajriba va ilmiy izlanishlar asosida qayta koʻrib chiqildi.
Muhokamalar davomida fraksiya aʼzolari qonun loyihasini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator takliflar bergan holda, uning bugungi kundagi zarurati va ahamiyatini eʼtiborga olib, uni qoʻllab-quvvatladilar.
Shundan soʻng fraksiya aʼzolari “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini muhokama qildi.
Deputatlar qonun loyihasini koʻrib chiqish jarayonida loyihani birinchi oʻqishda muhokama qilish davomida fraksiyalar aʼzolari tomonidan berilgan takliflar eʼtiborga olingani, ushbu hujjat har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilganini hisobga olib, uni maʼqulladilar.
Yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa qonun loyihalari ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring