Yillik eksport rejasi muddatidan avval bajarildi — OKMK

16:48 12 Dekabr 2022 Jamiyat
509 0

OKMK oldiga joriy yilda 855,5 mln dollarlik mahsulotlar eksporti rejasi belgilangan boʻlib, amalda 11 oylik natijalariga koʻra 883,8 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi.

595,6 mln dollarlik mis mahsulotlari, 186,5 mln dollarlik rux metali, 32,4 mln dollarlik nodir metallar, 37,2 mln dollarlik qoʻrgʻoshin tarkibli xomashyolar va 32,1 mln dollarlik boshqa turdagi mahsulotlar eksport qilindi.

Quvonarlisi kombinat mahsulotlari eksportida yangi bozorlar – Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal davlatlariga qiymati 14,3 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Yana shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, kombinat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi tovar xom ashyo birjasidagi valyuta maydonchasi orqali qiymati 24,6 mln dollarga teng boʻlgan 9 turdagi mahsulotlar eksportga yoʻnaltirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?