Ijodiy yutuqlar yangi orzular uchun ragʻbat
Teatr va kinodagi rollarim sabab el-u yurt olqishiga sazovor boʻlib, bugungi kunda ham sanʼatsevar xalqimizdan minnatdorlik tuygʻusi bilan umrguzaronlik qilib kelmoqdaman. Bu yil 70 yoshni qarshiladim. Oʻziga xos sarhisob yilida ham ijoddan bir nafas toʻxtaganim yoʻq.
Ayni paytda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida oʻquvchilarga qoʻgʻirchoq teatri aktyori, ommaviy bayramlar rejissyori kabi yoʻnalishlarda saboq beraman. Maktabdagi “Ijod“ teatr studiyasida joriy yil davomida oʻnga yaqin oʻzbek, xorij ijodkorlari asarlarini sahnalashtirdik. Hozirda ikkita asarni sahnalashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Bu yil “Oʻzbekfilm“ tomonidan Jahongir Ahmedov rejissyorligida olingan “Bahodir Yalangtoʻsh“ filmida samarqandlik oqsoqol rolini ijro etdim. Rejissyor Abduxalil Mingnorov ekranlashtirayotgan “Mening mahallam“ filmida mahalla faollaridan birining rolini oʻynadim. Albatta, bunday ijodiy yutuqlar yangi orzular uchun ragʻbat. 2025-yilda “Ijod“ teatr studiyasida bir necha yangi asarlarni sahnalashtirish ustida ish boshlaganmiz. Mashhur rejissyorlardan yangi rollar uchun takliflar oldim.
Yangi yilda oilamizda ham yangi chaqaloqlar tugʻilishi kutilmoqda. Farzand va nabiralarning ertangi kun istiqboli bilan bogʻliq orzu-maqsadlarim bisyor. Shu fursatdan foydalanib bir olam orzular bilan Yangi yilga peshvoz chiqayotgan hamyurtlarimizni samimiy muborakbod etaman. Yurtimizdagi tinch-farovon hayotga koʻz tegmasin, yaxshi kunlarimiz, bayramlar bardavom boʻlaversin.
Muhammadsoli YUSUPOV,
Oʻzbekiston xalq artisti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring