Ijodiy imtihoni bor yoʻnalishlarda majburiy uchta fandan test sinovlari oʻtkaziladi

11:40 24 Iyun 2021 Hujjatlar
2026 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq:

2021-2022-oʻquv yili qabulidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim sohalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan soʻng majburiy uchta:

ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili);

matematika;

Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?