Istanbuldagi sanoat zonasida kuchli portlash yuz berdi

22:36 28 Oktyabr 2022 Dunyo
1406 0

Foto: ahaber.com

Istanbuldagi sanoat zonasida portlash yuz bergani va  qurbonlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.

Istanbuldagi Ikkitelli Esenler sanoat zonasida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “A Haber” telekanali xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, portlash sabablari hozircha nomaʼlum. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa natijasida bir kishi halok boʻlgan, ikki kishi turli ogʻirlikdagi jarohatlar olgan.

Qayd etilishicha, sanoat zonasida huquq-tartibot idoralari ish olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?