“Islom – maʼrifat dini” nomli yangi kitob nashr etildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari, taniqli ulamo Homidjon qori Ishmatbekovning navbatdagi dolzarb mavzudagi kitobi nashr etildi.
Muhtaram ustoz Homidjon qori Ishmatbekovning “Islom – maʼrifat dini” deb nomlangan yangi kitobiga muallif tomonidan eng dolzarb mavzularda yozilgan maqolalari jamlangan.
Kitobga kiritilgan maqolalar mavzusi hamda ularda koʻtarilgan masalalarning qiziqarli, ishonchli bayon etilgani, ochiq-oydin hujjatlar bilan dalillangani bilan ajralib turadi.
Toʻplamning ahamiyatli jihati, muallif ilm, olimlar, ramazon, tavba, mavlid, Rasulullohga muhabbat, Qurʼon qissalari, sabr, duo, qurbonlik, zakot, sadaqa, oila, taloq, qiyos ilmi kabi mavzularni yoritishda Qurʼoni karim oyatlari va hadisi shariflar, hikmatlar, ulamolar soʻzlari ila daqiqlik bilan, atroflicha, tushunarli holda bayon etadi. Ushbu kitob oʻquvchini hayotni ilmu maʼrifatsiz tasavvur qilib boʻlmasligini tushunib yetishga undaydi.
Zero, maʼrifat – bandaning ikki dunyosini yorituvchi nur. Islomiy maʼrifat vositasida biz dunyo va oxiratimiz najoti sari yoʻl topamiz. Shu maʼrifat orqali Robbimizni, Uning qudratini, maxluqotlarini taniymiz, ilohiy Kalomning hikmatini anglaymiz.
Ana shunday maʼrifatdan bahramand boʻlgan oriflar jamiyatida nafaqat insonga, balki hayvonotga, jamodotga, bir soʻz bilan aytganda butun jonli va jonsiz mavjudotga goʻzal muomalada boʻlinadi. Chunki maʼrifatli insongina hayotdagi oʻz oʻrni va vazifasini anglaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring