Ilon Mask oʻz sunʼiy intellektini taqdim etdi
Uning nomi “Aurora” boʻlib, bu model foydalanuvchiga juda haqiqatga oʻxshash tasvirlarni yaratish imkonini beradi.
Milliarder Ilon Mask “Aurora”ni tadbirkor bilan bogʻliq boʻlgan “Grok” neyron tarmogʻiga qoʻshdi. U “xAI” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan.
Press-relizga koʻra, model “dunyo haqida chuqur tushunchaga ega boʻlgan internetdan milliardlab misollar” yordamida oʻqitilgan.
Ishlab chiquvchilarning soʻzlariga koʻra, xizmat fotorealistik tasvirlarni yaratishda, shuningdek, matnli koʻrsatmalarni aniq bajarishda ajoyib ishlamoqda.
“xAI” kompaniyasi “Aurora” foydalanuvchi yuklagan tasvirlarga tayanishi yoki ularni tahrir qilishi ham mumkin.
Xizmat yaratuvchilarining aytishicha, neyron tarmogʻi vizual tafsilotlar, matnlar va logotiplarni aniq aks ettiradi. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt modeli odamlarning juda haqiqiy tasvirlarini yaratish bilan ajralib turadi. Kompaniya bu sohada raqobatchilardan kuchliroq ekanliklarini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring