Ilmiy tashkilotlarning reytingi tuziladi
“Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–6097, 29.10.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmon bilan Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda Konsepsiyaning maqsadli koʻrsatkichlari va indikatorlari tasdiqlandi.
Konsepsiya doirasida, jumladan:
— ilmiy tashkilotlarning ilmiy-innovatsion faoliyati samaradorligini baholashga yoʻnaltirilgan milliy reyting tizimi joriy etiladi;
— 2025-yilga qadar ilm-fanga yoʻnaltiriladigan jami mablagʻlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 6 baravarga, 2030-yilgacha esa 10 baravarga oshiriladi;
— innovatsion ishlanmalar va startap loyihalarni moliyalashtirish maqsadida 2021-yilda 2 ta, 2025-yilda 10 ta venchur jamgʻarmalari tashkil qilinadi;
— 7 ta zamonaviy laboratoriya majmualari tashkil etilib, ular GLP va GMP jahon standartlariga mos uskunalar bilan jihozlanadi.
Farmonga muvofiq, 2021-yilda xalqaro mustaqil ekspert kompaniyalarini jalb etgan holda barcha davlat ilmiy tashkilotlarining ilmiy-innovatsion faoliyati auditdan oʻtkaziladi.
Shuningdek, 2021-yil 1-yanvardan “Akademik harakatchanlik” dasturi joriy qilinadi.
Dastur doirasida, jumladan, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarning ilmiy gʻoyalarini ragʻbatlantirish uchun Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan grantlar ajratiladi.
2021-yil 1-yanvardan Ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi joriy qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring