Igor Sergeyev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda futbol insayderi Ivan Karpov maʼlumot berdi.
Uning yozishicha, Samaraning “Krilya Sovetov” klubi Sergeyevning xizmatlariga qiziqib qolgan. Hattoki, futbolchining transferi allaqachon jamoa bosh murabbiyi Magomed Adiyev bilan muhokama qilingan.
“Samaraliklar tomonidan Sergeyevga 2,5 million rubl maosh va 1,5 million rubl koʻtarma puli taklif etilgan. Ammo futbolchining agentlari rus klubidan 3–4 million rubl atrofida maosh soʻrashmoqda”, dey u.
Maʼlumot uchun, Igor Sergeyev faoliyati davomida Qozogʻiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand kabi mamlakatlarda toʻp surgan. U Oʻzbekiston milliy terma jamoasida eng koʻp gol kiritgan futbolchilar orasida 6-oʻrinni egallab turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring