Hududlar sport turlariga ixtisoslashtiriladi
“Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.
Shunga koʻra, respublika boʻyicha 112 ta OTM, tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi.
Qaror bilan shuningdek, Sport turlari boʻyicha sportchilarni saralash va tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, sportchilarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:
- 1-bosqich. Bolalar va oʻsmirlarni dastlabki (birlamchi) tanlash;
- 2-bosqich. Tanlangan sport turi boʻyicha ixtisoslashish talablariga jalb qilingan kontingentni talab darajasida chuqur tekshirish;
- 3-bosqich. Sportga yoʻnaltirish;
- 4-bosqich. Terma jamoalarga saralash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring