Hamjihat xalq yengilmaydi
Arxiv surat
Infeksiya aniqlangan davlatlar, uni yuqtirgan odamlar soni kun sayin koʻpayib borayotgani, eng avvalo, insonlar hayotini saqlab qolish uchun barcha imkoniyatni ishga solishni talab etmoqda.
Shu bois, Oʻzbekistonda ham xalqimizni bu ofatdan asrash, virus aniqlangan bemorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida samarali ish olib borilmoqda.
Ayniqsa, Prezidentimizning 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni murakkab davrda xalqimiz, butun jamiyatimiz uchun koʻrsatilgan gʻamxoʻrlikning yaqqol ifodasi boʻldi.
Zotan, mazkur Farmonga asosan hozirgi sharoitda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, uning daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida 10 trln. soʻm mablagʻning yoʻnaltirilgani tarixiy ahamiyatga molikdir.
Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun byudjetga toʻlanadigan soliq va ajratmalar miqdori keskin kamaytirildi, baʼzi yigʻimlarni hisoblash va toʻlash maʼlum muddatga toʻxtatildi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun belgilangan bir qator soliqlar boʻyicha penyalar hisoblash toʻxtatilib, soliq qarzini majburiy undirish choralari koʻrilmaydigan boʻldi.
2021-yilning 1-yanvariga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan oʻtkazish ham toʻxtatib qoʻyildi.
Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlash muddati uzaytirildi, ularning xayriya tashkilotlaridan oladigan daromadlari soliqdan ozod qilindi.
Koronavirus sababli karantinga joylashtirilgan ota-onalar, shuningdek, ularning 14 yoshgacha boʻlgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga nafaqa toʻlash belgilandi. Bunday shaxslar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlandi.
Infeksiyaga qarshi kurashga jalb qilingan shaxslarni ham har tomonlama ragʻbatlantirishning samarali choralari belgilandi.
Aniq maqsadga yoʻnaltirilgan, ortiqcha vahimalardan xoli tarzda joriy etilgan qatʼiy karantin choralari esa, kasallikning shiddat bilan tarqalishiga toʻsiq boʻlmoqda.
Eng muhimi, shu kunlarda mehr-muruvvat, saxovat kabi xalqimizga xos xislatlar yana-da koʻproq namoyon boʻlmoqda.
COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarimizni ruhan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga tushayotgan beminnat mablagʻlar ham buning dalilidir.
Mazkur aksiya doirasida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari ham ixtiyoriy ravishda oʻz ish haqlarining bir qismini mazkur fondga begʻaraz oʻtkazib berdilar.
Albatta, davlatimiz gʻamxoʻrligi samarasi oʻlaroq, infeksiya taʼsirida hali hech kim hech narsaga muhtojlik sezgani yoʻq, bunday boʻlmaydi ham.
Bu kabi aksiyalar esa, sinovli damlarda xalqimizni yana-da jipslashtiradi, hamjihatlikni kuchaytiradi, har qanday vaziyatda ham har bir inson davlat va jamiyat eʼtiboridan chetda qolmasligining amaliy isbotidir.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring