Hamshiraning noqonuniy harakatiga nisbatan hukm oʻqildi
Illyustrativ foto
Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi”/Andijon. Marhamat tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli diagnostika boʻlimi hamshirasi Baxtiniso Abloqulovaning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan sud hukmi eʼlon qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, u tanishi orqali fuqaroni ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 300 AQSH dollarini olayotgan paytda qoʻlga olindi. Hamshirani nooʻrin xatti-harakatidan boshqa hamkasblari ham xulosa chiqarishlari uchun sud majlisi aynan tibbiyot birlashmasining oʻzida boʻlib oʻtdi. Vaholanki, Andijon viloyatida hamshiralar tomonidan tamagirlik qilish, oʻzgalar ishonchini qozonish orqali mol-mulkini oʻzlashtirish kabi holatlar birinchi marta sodir etilayotgani yoʻq.
Qilmish-qidirmish, deydilar. Sud hukmiga binoan Baxtiniso Abloqulova oʻzganing ishonchini suiisteʼmol qilib, mulkiy naf koʻrish niyatida boʻlganlikdaayblandi. Endi u 1 yil muddatga moddiy manfaatdorligi bor vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosiga mahkum etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring