Hamkorlik rishtalari yanada yaxshilanadi

Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida faol va har tomonlama manfaatli tashqi siyosat islohotlarning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
2022-yil 11-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Sundjin Pak bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida A. Saidov mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik aloqalari izchillik kasb etib borayotganini taʼkidlab, Oʻzbekiston Prezidentining 2021-yil 16-dekabr kuni Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi va muzokaralar davomida erishligan kelishuvlar mazkur munosabatlarning yangi ufqlarni ochib berganini eʼtirof etdi. Ushbu tashrif istiqbolda ishonchli sherikchilik rishtalarini yangi formatda mustahkamlash uchun qulay fursat boʻlganini bildirdi.
Mezbon tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida bemorlarni samarali davolash, reabilitatsiya qilishda Oʻzbekistonga koʻrsatilgan amaliy koʻmak uchun Koreya Respublikasi xalqiga alohida minnatdorlik bildirildi.
Muloqotda Oʻzbekiston va Koreyaning doʻstona aloqalari, avvaldan taraqqiy etgan savdo-sotiq munosabatlari, bu boradagi ishlar hozirda barcha sohalarda juda yuqori darajada tashkil qilinayotgani yuqori baholandi.
Muzokaralar chogʻida tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada taraqqiy ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlik rishtalarini yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring