GM Uzbekistan mashinalari narxini oshiradi
GM Uzbekistan tomonidan O‘zbekiston bozori uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxi oshadi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online”ga “O‘zavtosanoat”dagi manba ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, yangi narxlar yangi haftadan joriy qilinishi kutilmoqda. Hozircha narxlar taxminan 10-12 foizga qimmatlashishi aytilmoqda.
“Hozircha aniq miqdor ma’lum emas. Lekin narxlardagi o'zgarishlar 10-12 foizni tashkil qilishi kutilmoqda”, deydi manba.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin kompaniyaning Rossiya bozori uchun chiqariladigan Ravon brendi avtomobillarining uchtasida narxlar oshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Utkir Abduvaliyev (programmer-1985@mail.ru):
Qaysi faktorlarga asosan ko'tarishmoqchi? Dollar kursini bahona qilishar edi. Mana endi dollar kursi tushib borayotgan bo'lsa nima uchun kutarishyapdi?
Улугбек Бекчанов (bek1975@yandex.ru):
Баракалла оширишдан бошқа ҳеч нарсани билишмайди!!! Чимкентга бориб келдим ва ўз ўзимдан хафа булиб кетдим у ердаги нархлар Тошкентга қараганда анча арзон қозоқлар ҳайрон бўлишяпти нега сизларда нархлар қиммат деб. Уларда ойлик юқори а супермаркетда нархлар арзон
Shaxzod Xabibullayev (xshx@mail.ru):
O'zi hamma narsa borgan sari oshib borvotdi Prezidentimiz mahalliylashtiringlar, arzon bo'sin digan sari bular hamma narsani qimmatlashtirib borvotdi. Moshinalar o'zi 28% oshganida odamlarni mazasi qochuvdi, endi oshmaydi deyishgandi. Mana yana oshvotganmush. Benzin oshdi, metan gaz oshdi. Bu narx oshishi xalqqa bayram tuhfasi bo'lsa kerak GM Uzbekiston va UzAutoSanoatdan.
Nurbek Samanov (jochon@mail.ru):
GMga raqobat qiladigan zavod yo'q agar rastomojka ochiq boganda uyizgacha kelardi moshina oling deb. Odamlarni shu moshinani olishdan boshqa ilojisi yo'q. Mutloq monopoliya
Davron Mukimov (darvin666_85@mail.ru):
Хотирам панд бермаётган бўлса, машиналаримиз нархи ўзбек сўмини девальвациясига боғлаб қўйилган эди. Яъни узбек сўмини долларга нисбатан қадрсизланиб кетиши нархларни кўтарилишига сабаб бўла олар эди. Бундан яхши байрам туҳфаси бўлмаса керак!
Zayniddin Altiyev (zayniddin_87@mail.ru):
Buncha narxlani ko`tarib nima keragi bor? Endi bir xil odamlarga mashina minish faqat orzu bo`ladi xolos, axir o'zimizdan chiqyapti hamma narsalari
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring