Fransiya — ikki karra jahon chempioni!
Futbol bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi yakuniga yetdi. So‘nggi hal qiluvchi uchrashuvda Fransiya va Xorvatiya terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishdi.
Uchrashuvning dastlabki qismida xorvatlar ustunlik qilgan bo‘lsada, fransuzlar hisobni ochishdi. Mario Mandjukich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay Ivan Perishich, hisobni tenglashtirdi. Biroq qolgan daqiqalarda fransuzlarni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. Avvaliga Grizmann penaltidan, ikkinchi bo‘limda esa Pol Pogba va Kilian Mbappe tomonidan kiritilgan gollar “uch ranglilar“ni yirik hisobda oldinga olib chiqdi. Biroz o‘tib, Mario Mandjukich farqni bittaga qisqartirdi. Ammo qolganiga xorvatlarning kuchi yetmay qoldi.
Shu tariqa Fransiya oradan 20 yil o‘tib yana bir bor jahon chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi.
JCH-2018
FINAL
Fransiya – Xorvatiya 4:2 (2:1)
Gollar: Mandjukich (18, avtogol), Grizmann (38, penalti), Pogba (59), Mbappe (65) – Perishich (28), Mandjukich (69).
Fransiya: Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Mbappe, Pogba, Kante (Nzonzi, 55), Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81).
Xorvatiya: Subashich, Vrsalko, Lovren, Vida, Strinich (Pyatsa, 81), Brozovich, Rebich (Kramarich, 71), Modrich, Rakitich, Perishich, Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring