“FIFA Series” musobaqasining boshlanish vaqtlari maʼlum
Foto: OʻFA
Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida tashkil etiladigan “FIFA Series” musobaqasining boshlanish vaqtlari maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 27-mart kuni boʻlib oʻtadigan Venesuela terma jamoasiga qarshi oʻyini ham, 30-mart kuni tashkil etiladigan Gabon termasiga qarshi bahsi ham soat 19:00 da start oladi. Har ikki uchrashuv “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Venesuela — Trinidad va Tobago, shuningdek, Gabon — Trinidad va Tobago oʻyinlari soat 15:00 da boshlanadi. Har ikki uchrashuvga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring