Fidoyilik va masʼuliyat
Foto: “Xalq soʻzi”
9-oktyabr — Butunjahon pochta kuni
Shveysariya poytaxti Bern shahrida 1874-yil 9-oktyabr kuni Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan. Ushbu xalqaro tashkilotning 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kongressida 9-oktyabr — Butunjahon pochta kuni deb rasman eʼlon qilingan.
1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.
Xalqaro tajribalarga tayanib “Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta aloqasi tarmoqlarini modernizatsiyalash, xizmat turlari doirasini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda obyektlarda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatmoqda.
Xususan, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpogʻiston filialida ham yuzlab xodimlar pochta joʻnatmalarini qabul qilish, ishlov berish, xat va hujjatlarni hamda davriy nashrlarni yetkazib berishda fidoyilik bilan xizmat qilayotir.
— Bayram va muhim sanalarda bizning ishimiz yanada qizgʻin boʻladi, — deydi Nukus shahri pochta aloqa tarmogʻining almashish boʻlimi boshligʻi Genjabay Sultanov. — Deyarli har kuni, agarda gazetalar shanba va yakshanba kunlari ham chop etilsa, oʻsha kunlari ham aeroportdan bosma nashrlarni qabul qilib, shu yerda shahar va tumanlar kesimida taqsimlab, shu kunning oʻzida tumanlarga joʻnatmalar yetkaziladi. Boʻlimimizda 14 nafar xodim ishlayotgan boʻlsa, joʻnatmalarni manziliga yetkazishda 5 ta avtotransport vositalari xizmatidan samarali foydalanib kelmoqdamiz.
Qoraqalpogʻistondagi tumanlar oraligʻi, umuman masofalar olisligi, shuningdek, eski xizmat mashinalari joʻnatmalarni manziliga yetkazish vaqtini maʼlum darajada oshirar edi. Keyingi vaqtlarda joʻnatmalarni yetkazish uchun 4 ta yangi zamonaviy “Volkswagen” avtotransporti ajratildi.
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Qoraqalpogʻiston filiali Nukus shahri pochta aloqa tarmogʻi almashish boʻlimining tumanlararo pochta kuzatuvchilari Maxmud Kalbayev, Anvar Allayarov va Sadatdiyn Bekimbetovlarning kundalik nashrlarni tumanlardagi mushtariylarga oʻz vaqtida yetib borishida xizmatlari katta boʻlayotir.
Biz pochta xizmatlarida ishlovchi barcha xodimlarni 9-oktyabr — Butunjahon pochta kuni bilan samimiy qutlaymiz.
Gʻ. OTAJONOV, (“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring