Fargʻonada ommaviy qabullar oʻtkaziladi
Fuqarolar muammolari bilan samarali ishlash, yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkor hal etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, respublikamiz viloyatlarida may-iyul oylari mobaynida 20 dan ortiq vazirlik va idoralar, sektorlar hamda hududiy tashkilot rahbarlari ishtirokida ommaviy qabullar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, qabullarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash, Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi kabi qator idora rahbarlari fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Mazkur qabullar joriy yilning 5 — 11-may kunlari Fargʻona viloyatidan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring