Ezgu amallardan chetda turmang

01:00 30 Aprel 2022 Jamiyat
1151 0

Foto: Artel Matbuot xizmati

Joriy yilning 20-aprel kuni sodir boʻlgan kuchli yogʻingarchilik natijasida respublikamizning bir qator togʻ va togʻ oldi hududlarida, xususan, Jizzax viloyatining Forish, Baxmal, Gʻallaorol va Sharof Rashidov tumanlarida sel va toshqinlar yuzaga keldi.

Foto: Artel Matbuot xizmati

Tabiiy ofatlar oqibatida aholi yashash punktlari, ijtimoiy soha obyektlari, qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar yetdi. Xususan, Jizzax viloyatining qator tumanlarida ikki soat ichida yillik yogʻingarchilikning 10 foizi miqdorida yomgʻir yogʻdi. Buning natijasida aholi yashash punktlarini suv bosdi, ayrimlarini tiklab boʻlmaydigan darajada vayron qildi. Kuchli oqim hatto koʻchalarda toʻxtab qolgan mashinalarni ham oʻz domiga tortdi. Xususan, kuchli sel kelishidan birgina Forish tumanidagi Egizbuloq mahallasida joylashgan 260 xonadonga ziyon yetdi. Koʻplab oilalar boshpanasiz qoldi. Afsuski, fojiali holatlar ham boʻldi. Sel toshqinlari besh kishining umriga zomin boʻldi.

Foto: Artel Matbuot xizmati

Ayni kunlarda turli davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan aholiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam koʻrsatilmoqda. Xususan, uylari sel oqibatida vayron boʻlgan aholi vakillari uchun yangi uy-joy qurish ishlari boshlab yuborildi.

Foto: Artel Matbuot xizmati

Bundan ushbu ezgu ishdan Artel kompaniyasi chetda qolmadi. Joriy yilning 28-aprel kuni kompaniya tomonidan tuzilgan volontyorlar guruhi Jizzax viloyatining Forish tumaniga keldi. Kompaniya xodimlari suv toshqinidan jabr koʻrgan Egizbuloq qishlogʻida boʻlib, mahalliy aholidan koʻngil soʻradi.

Foto: Artel Matbuot xizmati

Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan Artel kompaniyasi xodimlari bu yerda yashovchi bolalarga oʻyinchoqlar, mahalliy aholi vakillariga gigiyena vositalari sovgʻa qilishdi. Bu hali hammasi emas. Kompaniya tomonidan uy-joyidan ajralgan 30 ta oilaga maishiy texnika jamlanmalari uchun sertifikatlar ajratildi. Har bir jamlanmada oltita maishiy texnika — televizor, muzlatgich, gaz plitasi, kir yuvish mashinasi, mini pech va dazmoldan iborat boʻladi.

Foto: Artel Matbuot xizmati

Korxona rahbariyati va xodimlari hamisha yurtdoshlarimizga yordam berishga tayyor va bu orqali xalqimiz farovonligiga, Vatan ravnaqiga hissa qoʻshishga intiladi. Eʼtiborlisi, bu mazkur kompaniyaning yordamga muhtoj aholi vakillarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi birinchi ezgu ishlari emas hamda bunday amallar muntazam davom ettiriladi.

Reklama huquqi asosida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?