Surxondaryoda selni bartaraf etish chog‘ida halok bo‘lgan DXX xodimi “Jasorat” medali bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, harbiy burchini ado etishda hamda tabiiy ofat davomida odamlar hayotini saqlab qolishda ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun O‘razoliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li (vafotidan keyin) hamda Muxidinov Bobirjon Nasirdinovich (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari chegara posti boshlig‘ining o‘rinbosari) “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Shoxruxbek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mutaxassis-granatomyotchisi edi.
Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatiga kuchli sel kelgan paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, mahalliy hokimiyat va boshqa tashkilotlar vakillari yuzaga kelgan noxush holatlarning oldini olish uchun jalb etilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari tarkibida 2014 yildan buyon shartnoma asosida ishlab kelgan O‘rozaliyev Shoxruxbek Norjigit o‘g‘li ham sel kelayotganda uning yo‘lini to‘sish chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring