DXX kubogi – 2024
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Respublika bo‘ylab 251 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan, “Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida o‘tkazilgan futbol va mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari yakunlandi.
Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. “Yangi avlod” /Qashqadaryo viloyati/
2-o‘rin. “Dambog‘” /Namangan viloyati/
3-o‘rin. “Jo‘rabod” /Buxoro viloyati/
Qiz bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. “Qarshi” /Qashqadaryo viloyati/
2-o‘rin. “Chinoz” /Toshkent viloyati/
3-o‘rin. “Arnasoy-W” /Jizzax viloyati/
O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
1-o‘rin. "Arabxona" /Qashqadaryo viloyati/
2-o‘rin. "Oq ovul" /Toshkent viloyati/
3-o‘rin. “Poloson” /Andijon viloyati/
Musobaqalar yakuniga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” – Turniyozov Ma’ruf /Qashqadaryo viloyati/
“Eng yaxshi to‘purar” – Qaxarov Abdurashid /Namangan viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Rashidov Behruzjon /Buxoro viloyati/
Qizlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” – Anarbayeva Sabrina /Jizzax viloyati/
“Eng yaxshi to‘purar” – Mahmudova Diyora /Toshkent viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Ergasheva Sarvinoz /Qashqadaryo viloyati/
O‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol bo‘yicha:
“Eng yaxshi o‘yinchi” – Shohnazarov Qahramon /Qashqadaryo viloyati/
“Eng yaxshi to‘purar” – Habibullayev Hikmatilla /Toshkent viloyati/
“Eng yaxshi darvozabon” – Madaminov Shahzod /Toshkent shahri/
Respublika bosqichida o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-o‘rinni egallagan jamoalar uchun universal sport maydoni (basketbol va voleybol o‘yinlari uchun mo‘ljallangan), 3-o‘rinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli ko‘cha basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari barcha g‘olib va sovrindor ishtirokchilarga diplom, medal, sport kiyimlari va noutbuk topshirildi.
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring