Devorlarga koʻchgan ijod
Foto: Saminjon Husanov / Xalq soʻzi
Andijon viloyatining Xonobod shahrida yaxshi anʼanaga qoʻl urildi. Aniqrogʻi, yosh rassomlar oʻz ijodini koʻcha devorlarida ifoda eta boshladilar. Xoʻsh, bundan maqsad nima?
– Eng sara asarlaringizni galereya yoki koʻrgazmalar zalida jam etib, namoyish etsangiz, sanoqli kishilar ulardan bahra olishi mumkin,-deydi rassom Bekzod Mirzayev. – Endi esa shu koʻchadan oʻtgan har bir yoʻlovchi biz chizgan suratlarni tomosha qilmoqda. Shaxsan men rassom sifatida ijod namunalarimni barchaga koʻrsata olayotganimdan xursandman. Qolaversa, bunday tasvirlar toki oʻchib ketmagunicha turaveradi. Tekin va muddatsiz koʻrgazma! Bunaqasi boʻlgan emas!
Quvonarlisi shundaki, ijod turiga bunday yondashuv xonobodliklarni ham mamnun etmoqda.
– Toʻgʻrisini aytsam, bu devorlarda “M+C” kabi yozuvlarni oʻqigandan koʻra shunday asarlarni tomosha qilish maroqli, - deydi ulardan biri Dilafroʻz Omonova.
Devorlarda asosan bebosh yoshlar chizib ketgan boʻlmagʻur “bitik”laru axloqsiz tasvirlardan charchagan nigohlar endi chindan ham zavq olmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring