Dehli xalqaro aeroportida ikki o‘zbekistonlik savdogar qo‘lga olindi
Foto: Getty Images
Toshkent-Dehli samolyotida uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro katta miqdorda tilla buyumlarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu O‘zbekiston fuqarolari Dehliga tijorat maqsadlarida muntazam tarzda kelib turgan.
Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Diplomatik missiya vatandoshlarni xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikka chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring