Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini maʼlum qildi.
Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.
Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Harorat 26-28 daraja boʻladi.
Poytaxtda dam olish kunlari havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni 28-30 daraja, yakshanba kuni esa 29-31 daraja boʻladi. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, bugun kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring