“Daladan dasturxongacha” — sarxil mahsulotlar arzon va sifatli
Yoz fasli mirishkor-u sohibkorlar uchun tigʻiz payt hisoblanadi. Boisi ular tomonidan parvarish qilingan meva-sabzavot va poliz mahsulotlari birin-ketin pishib yetiladi. Elimiz dasturxoni toʻkinligini taʼminlaydi.
Andijon viloyatida salkam 3 mingta fermer xoʻjaliklari aʼzolari qariyb 100 ming gektar maydonda samarali mehnat qilyapti. Hosilning choʻgʻi ham shunga yarasha, albatta. Mahsulotlar, eng avvalo, ichki ehtiyojga yoʻnaltirilmoqda. Mahalliy bozorlarda tashkil etilgan “Daladan dasturxongacha” savdo rastalari sarxil noz-neʼmatlar bilan toʻlgan.

— Yoz faslida bu kabi mahsulotlar sifatiga tez putur yetadi, — deydi xaridor Rustamjon Abdurasulov. — Shu bois toʻgʻri daladan keltirilgan meva va sabzavotlarni maxsus savdo rastalaridan xarid qilish oʻrinli, deb bilaman. Qolaversa, narxlari ham bozordagiga nisbatan 25-30 foiz arzon.

“Daladan dasturxongacha” savdo rastalari orqali har kuni 30 dan ortiq turdagi 500 tonnagacha mahsulotlar yetkazib berilib, 10 ming nafardan ziyod xaridorlarga sifatli xizmat koʻrsatilmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring