Chorminor poydevorida qanday yozuv tushirilgan?
Avvalo, Buxoro shahridagi Chorminor meʼmoriy yodgorligi haqida.Bu madrasa 1807-yilda xalifa Niyozqul tomonidan qurdirilgan.Oʻz davrida kutubxonasi bilan mashhur boʻlgan.Oʻziga xos meʼmoriy uslubda barpo etilgan toʻrtta minorasi bor.Kutubxonaga ham minora orqali chiqilgan.
Yurtimizga kelgan har bir xorijiy sayyoh Chorminorni tomosha qilmasdan ketmaydi.Balki bunga uning muqaddas kitoblar jamlangan goʻsha boʻlgani sababdir.Xususan, tosh bitiklardagi yozuvlar kishini befarq qoldirmaydi.Buni qarangki, Chorminorning poydevorida ham yozuv tushirilgan.
-Maʼlumki, Islom Hamkorlik Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti — ISESCO tomonidan Buxoro shahri 2020-yilda Islom madaniyati poytaxti deb eʼlon qilingan, — deydi buxorolik olim, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori, manbashunos Komiljon Rahimov.- Bu koʻhna shahar qadimiy yodgorliklaridagi bitiklarni oʻrganish, tadqiq qilish, mazmun – mohiyatini xalqimizga yetkazish borasidagi ishlar qamrovini yana-da kengaytirmoqda..
Chorminor meʼmoriy majmuasining poydevoridagi xarsang toshga kelsak, unda Mavlono Abdurahmon Jomiy (1414–1492) qalamiga mansub “Haft avrang” (“Yetti taxt”) tarkibiga kirgan “Tuhfat ul-ahror” dostonidan iqtibos mahorat bilan bitilgan. Mazkur dostonning “Tariqat qutbi, xaloyiq madadkori Xoja Bahouddin Naqshband Buxoriy (Alloh uning sirini muqaddas qilsin)” nomli bobdan keltirilgan iqtibos nastaʼliq xatida toshga oʻyib yozilgan:
Sikka, ki dar Yasribu Batho zadand,
Navbati oxir ba Buxoro zadand.
Az xati on sikka nashud bahramand,
Ҷuz dili benaqshi shahi Naqshband.
V-on guhari pok na har ҷo buvad,
Maʼdani on xoki Buxoro buvad.

Mazmuni esa quyidagicha: Alloh taolo avval Yasrib bilan Batho (Makka va Madina)ga, oxirida Buxoroga shariflik muhrini bosdi. Ushbu sharafdan bahramand boʻlmoq hammaga ham nasib etmadi, bunga faqat Shoh Naqshband sazovor boʻldi. Bu pokiza gavhar har yerda uchramaydi. Uning koni Buxoro tuprogʻidadir.
Maqolamiz soʻngida bir taklifni oʻrtaga tashlamoqchimiz.Shu kabi yozuvlar mazmun – mohiyati haqida uch – toʻrt tildai xcham maʼlumotlar tayyorlanib, ular tegishli yodgorliklar yoniga qoʻyib qoʻyilsa ziyon qilmasdi.Bu sayyohlar qiziqishiga qiziqish qoʻshar, xususan, yoshlarimizning bilimini mustahkamlab, ularning boy milliy madaniy merosimizga mehru muhabbatini yana-da oshirgan boʻlar edi.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring