Chet tili bilish darajasini aniqlash imtihoni natijalari eʼlon qilindi
2025-yil 13-sentyabrdan 30-sentyabrga qadar boʻlib oʻtgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari eʼlon qilindi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, test natijalari “my.gov.uz” saytida eʼlon qilingan boʻlib, talabgorlar “Mening arizalarim” boʻlimidan oʻz natijalari bilan tanishishlari mumkin boʻladi.
Test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar oʻz sertifikatlarini “my.gov.uz” sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi imkoniyati ham mavjud.
Shuningdek, oʻz natijasidan norozi boʻlgan talabgorlar 8-10-oktyabr kunlari “my.gov.uz” sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida koʻrib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring