Iqtisodiyot

Andijonga gaz qachon kelgan?

«Andijon shahriga ilk bor tabiiy gaz tarmogʻi 1943-yilda kelgan,  —deya xotirlaydi jurnalist Qobiljon Asqarov «Hududgaz Andijon» gaz taʼminoti filiali tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida. –Tarmoq Buloqboshi tumanidagi «Kulla» qishlogʻi orqali Andijon shahridagi harbiy sanoat hududida joylashgan zavodlarga olib kelingan. Bungacha...

09:56 17 Mart 2021
Amerikalik mutaxassislar suv omborlari xavfsizligini birgalikda baholash uchun Oʻzbekistonga keldi

AQSHning gidrotexnika inshootlari xavfsiz faoliyatini nazorat qilish boʻyicha mutaxassislar guruhi kecha Oʻzbekistonga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

14:58 16 Mart 2021
Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bagʻishlangan oltin tangalar va suvenirlar toʻplamlari sotuvga chiqarildi (foto)

Markaziy bank tomonidan buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bagʻishlangan oltindan tayyorlangan esdalik tangalari va suvenirlar toʻplamlari sotuvga chiqarildi.

13:37 16 Mart 2021
Shahrisabzda afgʻon gilamlari toʻqilmoqda

Shahrisabz shahrida “AFGHAN BAZAR SILK CARPETS SHAKHRISABZ” MCHJ shaklidagi Afgʻoniston bilan hamkorlikda afgʻon gilamlari ishlab chiqarishga moʻljallangan qoʻshma korxona ishga tushdi.

12:31 16 Mart 2021
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish koʻzda tutilmoqda

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari A.Overchuk oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

11:36 16 Mart 2021
ADM-Jizzakh avtozavodi haqida: Sogʻlom raqobat bor joyda sifat va talab taʼminlanadi

2020-yil noyabrdan boshlab “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida uchta komplektatsiyadagi Seltos krossoveri va beshta komplektatsiyadagi K5 sedanini yigʻish boshlanishi haqida xabar qilingan edi. Bu borada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari KIA avtomobillarini yigʻish va sifatini taʼminlash borasida oʻz fikrlarini qoldirmoqda.

11:18 16 Mart 2021
Qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni koʻp?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-mart holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 12 069 tani, shundan qoʻshma korxonalar 5 760 ta va xorijiy korxonalar 6 309 tani tashkil etmoqda.

09:47 16 Mart 2021
Ehtiyojmand aholiga 1 gektargacha yer beriladi

Prezidentning “Qishloq xoʻjaligida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

16:22 15 Mart 2021
FAO Oʻzbekiston kartoshkachilik tarmogʻini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha texnik koʻmak koʻrsatmoqda

— Loyihaning asosiy maqsadi kartoshkachilikni rivojlantirishdir, — deydi FAOning Oʻzbekistondagi vakili Sherzod Umarov. — Bunga kartoshka navlarini roʻyxatga olish va urugʻlikni sertifikatlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqotlar takomillashtirish, hamda tayyor mahsulotlarning omborxonalarda saqlash sharoitlarini yaxshilash orqali erishiladi.

15:35 13 Mart 2021
Bayram kuni munosabati bilan “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ joriy yilning 22-mart kuni, Toshkent – Samarqand – Toshkent yoʻnalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 764/763 “Afrosiyob” poyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyilishi haqida maʼlum qildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

13:19 13 Mart 2021