Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi
Foto: Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati
Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik talabasi vafot etdi. Bu haqda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2003-yilda tugʻilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel joriy yilning 28-fevral kuni talabalar turar joyidagi oʻz xonasida sogʻligʻi yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.
Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Koʻrsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi Navas Nasmel shifoxonada vafot etgan.
Dastlabki tashxisga koʻra, oʻlim sababi ikki tomonlama oʻpkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan oʻtkir nafas yetishmovchiligi deb aytilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovninig maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Dok-1 Maks” ishi yuzasidan hindistonlik Ragnevdra Pratar 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi. Bundan tashqari, Olmaliqda yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida uch nafar hindistonlik ishchi halok boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring