Bugungi kunda osh “kursi” qancha?
Statistika agentligi noyabr holatiga koʻra eng qimmat va eng arzon palov indeksini maʼlum qildi.
Bunda eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan boʻlib, 1 porsiyasi 34 500 soʻm boʻlgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 22 200 soʻmdan sotilgan.
Boshqa hududlarda 1 porsiya oshning oʻrtacha narxi quyidagicha:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 25 700 soʻm;
Andijon viloyati – 30 200 soʻm;
Buxoro viloyati – 33 700 soʻm;
Jizzax viloyati –28 800 soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 30 700 soʻm;
Navoiy viloyati – 26 800 soʻm;
Samarqand viloyati – 30 500 soʻm;
Surxondaryo viloyati – 28 600 soʻm;
Sirdaryo viloyati – 25 700 soʻm;
Toshkent viloyati – 27 300 soʻm;
Fargʻona viloyati – 26 600 soʻm;
Xorazm viloyati – 30 000 soʻm.
Narxlarni roʻyxatga oluvchi tomonidan kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Palov narxlarini roʻyxatga olish uchun umumiy ovqatlanish muassasalari tanlovi har yili yanvar oyida yangilanadi. Narxlar oʻzgarishini obyektiv baholash maqsadida yangi kuzatilgan obyektning oʻtgan davr uchun narx darajasi ham qayd etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring