Tabiiy gaz narxi oshdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 1-mart sanasidan tabiiy gaz narxi oshgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Energetika vazirligi munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Joriy yilning 1-mart kunidan tabiiy gaz narxi oshirilmagan, toʻlovlar eski tarifda amalga oshirilmoqda.
Maʼlumki, isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha bazaviy meʼyor 5 barobarga (100 metr kubdan 500 kub metrga) oshirilgan edi. Shu munosabat bilan, bugun, 1-mart kunidan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor oʻzgargan.
Xususan, noyabr fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan. Bu tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr fevral oylarida amal qilishi belgilangan.
“Shu sababli, bugun, 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha «bazaviy meʼyor” amal qiladi», — deyiladi vazirlik munosabatida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Jumladan, kompensatsiya miqdori:
- Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy meʼyordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
- Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
“Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan boʻlsa, endi yil davomida har oyda berilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring