Bugun hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin

07:16 14 Oktyabr 2024 Jamiyat
215 0

Foto: “Afisha.uz”

“Oʻzgidromet” 14-16-oktyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 14-15-oktyabrda 10-15 daraja, 16-oktyabrda 12-17 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-oktyabrda kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. 15-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-oktyabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-oktyabrda 5-10 daraja, 15-16-oktyabrda 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-15-oktyabrda 13-18 daraja; 16-oktyabrda 15-20 daraja; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 14-15-oktyabrda 10-15 daraja iliq, 16-oktyabrda 12-17 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 14-15-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 15-oktyabrda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja; 16-oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 14-15-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 16-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja; 15-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 16-oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 14 va 16-oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15-oktyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-15 daraja; 15-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 16-oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja; 15-oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 16-oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarda havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 14-15-oktyabrda ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 va 16-oktyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-oktyabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja, 15-oktyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 16-oktyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?