Botanika bogʻida velosiped va samokatda harakatlanish taqiqlandi
2026-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahridagi Botanika bogʻi hududida barcha turdagi velosiped va samokatlarda harakatlanish taqiqlandi. Bu haqda Fanlar akademiyasi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi vaqtlarda bogʻ hududida velosiped va samokatlarda harakatlanish davomida fuqarolarning yiqilishi va turli darajadagi tan jarohatlari olishi bilan bogʻliq noxush holatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Shu munosabat bilan, tashrif buyuruvchilarning koʻplab soʻrovlari hamda Ilmiy kengashning qaroriga asosan 2026-yil 1-apreldan boshlab Botanika bogʻi hududida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi toʻxtatiladi.
“Ushbu chora barchamiz uchun bogʻda xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tabiat goʻzalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, fuqarolardan ushbu tartibga amal qilish va oʻzi hamda atrofdagilar xavfsizligiga befarq boʻlmaslik soʻralgan
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring