Boysunda Hayking turizm xizmati tashkil etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi»). «Boysun bahori« xalqaro folklor festivali tashkilotchilari bu yilgi tadbir oʻzgacha ruhda oʻtishini vaʼda qilishmoqda.
Shu yilning 1–7-may kunlarida Boysun tumanida boʻlib oʻtadigan «Boysun bahori» xalqaro folklor festivaliga ayni paytda qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda.
Ushbu yirik xalqaro folklor festivali Surxon vohasining turizm imkoniyatlarini yana bir bor dunyoga koʻz-koʻz qilishga yaxshi imkoniyat boʻlayotir. Buni yaxshi anglagan viloyat mutasaddilari mazkur tadbirga puxta hozirlik koʻrishmoqda. Jumladan, festival oʻtkaziladigan tumandagi «Bibishirin» mahallasida zamonaviy turizm majmuasi qad rostlamoqda. Xorijlik va mahalliy sayyohlarga zamonaviy xizmatlar koʻrsatish nuqtalari barpo etilmoqda. Termiz shahri, tumanlar va viloyat tashkilot, korxona, muassasalariga ajratilgan qoʻrgʻonlarda ham yirik hajmdagi bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlari jadal olib borilib, piyodalar yoʻlakchalari va boshqa infratuzilma inshootlarida soʻnggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Milliy qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan oʻtovlar oʻrnatilmoqda.
«Boysun bahori» xalqaro folklor festivali doirasida «Sitorai Darband» MCHJ tomonidan Boysun tumanida Hayking (Hiking) turizm xizmati tashkil etildi.
— Tumanning «Temir darvoza» mahallasida ushbu turizm xizmatini tashkil qilishdan maqsad Boysunning soʻlim goʻshalari, turistik obyektlari boʻylab piyoda sayohatlarni uyushtirishdan iborat, — deydi «Sitorai Darband» MCHJ ish boshqaruvchisi Shahrizod Xolmirzayev. — Dastlabki piyoda sayohat «Darband – Machay – Tangisar» daralari boʻylab 10 km. masofada tashkil etiladi. Bu — tabiat qoʻyniga chiqishni, bahor goʻzalliklariyu togʻ daralarining maftunkor manzarasidan bahra olishni, «Xoʻjamayxona» bulogʻining shifobaxsh suvidan bahramand boʻlishni istaganlar uchun ajoyib imkoniyat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring