Bir qator mutasaddilarga “hayfsan” berildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
«Kuni-kecha Uchtepani aylanib, pastdagi ahvol boʻyicha xulosalarimni qildim.
Ichki koʻchalar, uy-joylar oldi tozaligini ham sizlarga Prezident aytishi kerak-mi?» – davom etdi Prezident.
Hududlarga soʻnggi yillarda 30 mingdan ortiq shtat berilib, mahallalarda sharoitlarni yaxshilash uchun bu yilning oʻzida 12 trillion soʻm berilgani koʻrsatib oʻtildi.
Tuman hokimining 6-7 nafar oʻrinbosari, 4 ta sektor rahbari, mahalla raislari, boshqaruv kompaniyalari shu oddiy ishlarni qila olmagani, xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqot qilmagani tanqid qilindi.
Yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.Ramatov, “Oʻzbekneftgaz” raisi M.Abdullayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi F.Abduraxmanov, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” raisi D.Isakulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” raisi U.Mustafoyev, “Oʻztransgaz” raisi B.Normatov, “Hududgaztaʼminot” raisi B.Eshmurodovga “hayfsan” berildi.
“Agar ular odamlarni aniq reja va tahlil bilan ogohlantirganida, adolatli haqiqatni aytganida, odamlarimiz toʻgʻri tushunib, norozi boʻlmas edi”, dedi Prezident.
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va ushbu rahbarlarga ikki oy davomida favqulodda rejimda ishlashga topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring