Bir qancha universitet va institutlarda rektorlar almashdi
Foto: repost
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan bir qator universitet va institutlarda rektorlar almashdi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Tegishli qarori bilan Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi va uning oʻrniga Agrippina Vasilevna Shin tayinlandi.
Shuningdek, Qahramon Tanzilovich Olimov Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning oʻrniga Viktor Veniaminovich Nam tayinlandi.
Qayd etilishicha, Eldar Sadikovich Yuldashev Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialining direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning oʻrniga Iqbol Mamasodiqovich Meliqoʻziyev tayinlandi.
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Eldor Oʻralovich Shermanov rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanib, 6 oy sinov muddati berildi.
Avvalroq, Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring