“Bavariya”dan super kambek
Kecha, Germaniya Bundesligasining 28-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidagi oʻyinda “Bavariya” jamoasi safarda “Frayburg” klubi mehmoni boʻldi. Uchrashuv “myunxenliklar”ning 2:3 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 46-daqiqada Yohan Manzambi tomonidan ochildi. 71-daqiqada Lukas Xyoler mezbonlarning ikkinchi golini kiritdi.
81-daqiqada mehmonlar futbolchisi Tom Bishof hisobni qisqartirdi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan ikkinchi daqiqada Tomning oʻzi hisobni tenglashtirdi. Qoʻshimcha vaqtning soʻnggi daqiqasida esa Lennart Karl “Bavariya”ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi.
Shu tariqa bahs “Bavariya” jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi. Ushbu gʻalaba evaziga Myunxen klubi 73 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalida 1-oʻrinni mustahkamlab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring