“Bavariya“ Bundesligada navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritdi
Kecha, 21-dekabr kuni Germaniya Bundesligasining 15-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bavariya“ jamoasi safarda “Heidenheim“ klubi mehmoni boʻldi. Uchrashuv 4:0 hisobida “myunxenliklar“ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 15-daqiqaga kelib ochildi. Josip Stanisich oʻz hisobiga oʻyindagi dastlabki golni yozib qoʻydi. 32-daqiqada Maykl Olise hisobdagi farqni 2 taga yetkazdi. Birinchi boʻlim 2:0 hisobida yakunlandi.
86-daqiqada Luiz Dias “Bavariya“ni oʻyindagi uchinchi goliga mualliflik qildi. Bahsga yakuniy nuqtani esa 90+2 daqiqada Harri Keyn qoʻydi. Shu tariqa oʻyin 4:0 hisobida “Bavariya“ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Ushbu gʻalabadan soʻng, Kompani boshqaruvidagi jamoa 41 ochko bilan Bundesliga jadvalida yaqqol karvonboshi boʻlib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring