“Bashakshehir” navbatdagi yirik gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Bugun, 22-dekabr kuni Turkiya Superligasining 17-tur uchrashuvlari start oldi. Kun doirasidagi bahsda Istanbul Bashakshehir oʻz maydonida Gaziantep jamoasini qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 5:1 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi.
Bahsda hisob 21-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi. Oradan besh daqiqa oʻtib, Drissa Kamara hisobni tenglashtirdi. 29-daqiqada esa Abbosbek Fayzullayev aniq zarba bilan “Bashakshehir”ni yana oldinga olib chiqdi — 2:1.
Qayd etish joiz, soʻnggi paytlarda Fayzullayevning oʻyini turk futbol jamoatchiligi orasida turli tanqidlarga sabab boʻlayotgan edi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi ushbu goli orqali maydonda tanqidlarga munosib javob qaytardi. Birinchi boʻlim aynan shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi taymning 53-daqiqasida Arda Qizildagʻ oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi va hisob 3:1 koʻrinishiga keldi. 68-daqiqada Eldor Shomurodovning aniq uzatmasidan keyin Umut Gunesh “Bashakshehir”ning toʻrtinchi golini muallifi boʻldi. 84-daqiqada esa Ivan Brnich mezbonlarning beshinchi golini kiritib, uchrashuvga yakun yasadi — 5:1.
Uchrashuvdan soʻng “Sofascore” tahliliy portali Eldor Shomurodovning oʻyinini 7,9 ballga, Abbosbek Fayzullayevning harakatlarini esa 9,3 ballga baholadi. Bu koʻrsatkichlar oʻzbekistonlik futbolchilarning maydondagi samarali oʻyinini yaqqol tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring