Bayram kunlari ob-havo qanday boʻladi?
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 31-dekabrdan 3-yanvargacha kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, 1-3-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31-dekabr-2-yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 3-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 31-dekabrda 0-5 daraja iliq, 1-2-yanvarda 3-8 daraja iliq, 3-yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabrda kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, 1-2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabr kechasi 2-7 iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 3-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 31-dekabr-2-yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, 3-yanvarda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 31-dekabrda 0-5 daraja iliq, 1-2-yanvarda 3-8 daraja iliq, 3-yanvarda 2 daraja sovuq 3 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 1-2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq; 1-yanvarda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 2-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 3-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 30-31-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-dekabr va 3-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 1-2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 3-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, faqat 2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 2-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 3-yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1 va 3-yanvarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 31-dekabr va 2-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq. kunduzi 5-10 daraja iliq; 1-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 2-yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 3-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 1-2-yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 3-yanvarda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring