Babayan va Pletnyov jazolanadi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi qoshida tashkil etilgan “Tartib-intizom” qoʻmitasi 1-turdagi qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqardi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sahifasida xabar berildi.
Birinchi turda ikki holat koʻrib chiqildi. Dastlabkisi, “Andijon” — “Soʻgʻdiyona” oʻyinida mezbonlar ustozi Lyupcho Doriyevga xalaqit bergan vaziyat. Bu yuzasidan PFL xabarida quyidagilar aytildi:
“27-fevral sanasida oʻtkazilgan Andijon — Soʻgʻdiyona uchrashuvining 44-daqiqasida andijonliklar bosh murabbiyi — Samvel Babayan maydon chetida raqib futbolchisining toʻp bilan harakatlanishiga ataylab xalaqit bergani aniqlandi. Qoʻmita Tartib-intizom kodeksining 61-moddasiga asosan Andijon bosh murabbiyiga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasini qoʻlladi”.
Shuningdek, hakamning qaroriga eʼtiroz bildirib kartochka olgan “Bunyodkor” futbolchisi Dmitriy Pletnyov ham Reglamentning 15.37-bandiga muvofiq intizomiy jazo chorasi koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring