Ayolning eng go`zal fazilati
Mahallaga yig`lab kelgan ayolni ovutish ancha qiyin bo`ldi. Erining gapi jonidan o`tib ketibdi. “Ajrashaman, gap tamom, ikki bolamni o`zim boqib olaman” deydi qizchasini bag`riga bosib. Hayoti o`xshamabdi. Etti yil yashabdi hamki, janjalsiz o`tgan kunning o`zi bo`lmabdi. Ayol bir gapdan qolmabdi, “dadasi, siz haqsiz” demabdi. Nuqul erining jahlini chiqarar ekan.
Bu oilani murosaga keltirish uchun ayolning qulog`iga shu gaplarni aytdik: Ayolning so`zi shirin bo`lsa muhitning ruhi o`zgaradi. Oiladagi bolalar muloyimlik va madaniyatga o`rganadi, keksalar hurmat topadi, erkak kishida mas’uliyat hissi yuksaladi.
Ayolning bittagina iliq gapi oiladagi muammoni yumshatib, bolaga ruhiy madad beradi, turmush o`rtog`iga ishonch va kuch bag`ishlaydi. Hayot tajribasi shuni ko`rsatadiki, ko`plab nizolar do`q-po`pisa bilan emas, bir muloyim so`z bilan hal bo`ladi. Bu — ayolning eng go`zal fazilati, Yaratgan tomonidan berilgan ma’naviy quvvatdir.
Oilaning barqarorligi va yuraklarning tinchligi ko`p jihatdan ayol zotining qalbi va so`ziga bog`liq. Shu bois xalqimiz azaldan ayolni nafaqat oila ustuni, balki ma’naviy muhitni yaxshilab turuvchi asosiy kuch sifatida e’tirof etadi. Shu jihatdan ayolning shirin so`zi, muloyim muomalasi va iltifotli munosabati og`ir munosabat va muhitga ijobiy ta’sir ko`rsata oladi.
Madaniyatli va shirin so`zli ayol oilasiga hamda butun jamiyatning yuzi. Uning qalbidan chiqqan muloyim bir gap ko`plab qalblarga iliqlik ulashadi, ko`ngillardagi g`uborni tarqatadi, adovatni yumshatadi. Bugungi kunda oilada va jamiyatda ijobiy muhit yaratishni istagan har bir kishi avvalo so`z madaniyatiga, ayniqsa, ayollarning muloyim muomalasiga alohida e’tibor qaratishi zarur. Zotan, ayol so`zining shirinligi va ta’siri uning qalb tozaligi va niyat pokligidan kelib chiqadi.
Shohsanam RAHIMOVA,
Toshkent shahar, Olmazor tumani Yangi Sebzor mahalla fuqarolar yig`ini ayollar faoli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring