Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi
Andijon viloyatida muborak Ramazon oyi munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish va oziq-ovqat mahsulotlarining narxi sunʼiy oshib ketishining oldini olish maqsadida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

-Ushbu rastalardagi mahsulotlarning narxini bozor narxi bilan solishtirdim,-deydi Andijon tumani “Qum koʻcha” MFYda istiqomat qiluvchi Odinaxon Ortiqova. -Bu yerda narxlar ancha arzon ekan. Masalan, kartoshkaning bir kilosi viloyat markazidagi dehqon bozorida 7,5 ming soʻmdan sotilayotgan bir paytda arzonlashtirilgan savdo yarmarkasida bu koʻrsatkich 4,5 ming soʻmni tashkil etmoqda. 5 litr pista yogʻini 95 ming soʻmga sotib oldim. Bozorda esa uning narxi 120 ming soʻm ekan. Mana shunday qulay sharoit yaratib berilganidan minnatdorman!

Viloyatning 16 ta hududida ish boshlagan rastalarda 30 turdan ziyod mahsulotlar bozor narxiga nisbatan 15-25 foiz arzon narxda sotilishi yoʻlga qoʻyildi.
Saminjon HUSANOV, ”Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring