Antuan Grizmanning yangi jamoasi maʼlum

12:28 24 Mart 2026 Sport
268 0

Fransiya terma jamoasi va Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi hujumchisi Antuan Grizmann faoliyatini Amerika Qoʻshma Shtatlarida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

“Fransiyalik yulduz MLS klubi bilan 2-yillik shartnoma boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishdi. U yangi jamoasiga yozda erkin agent sifatida qoʻshiladi”, — deyiladi manba xabarida.

Shuningdek, futbolchi yangi jamoasida 7-raqam ostida toʻp surishi ham maʼlum qilingan.

Maʼlumot uchun, Antuan Grizmann “Atletiko Madrid” klubidagi faoliyati davomida 488 ta oʻyinda maydonga tushib, 211 ta gol kiritgan va 97 ta golli uzatma amalga oshirgan. Ayni paytda “Transfermarkt” portali ushbu futbolchini 10 million yevroga baholamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?