Andijonda yil faollari taqdirlandi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasining Andijon viloyat boʻlimi hamda “Aktual tv media” MCHJ tashabbusi bilan “Yil faollari-2024” tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda viloyatdagi eng yaxshi shahar, tuman, boshqarma, tibbiyot va taʼlim muassasalari bilan bir qatorda har sohaning eng faol vakillari aniqlandi. Nomzodlar ijtimoiy tarmoq orqali eʼlon qilingan soʻrovnomaga asosan ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida saralab olindi.
— Ushbu tadbirning viloyatimizda oʻtkazilishi anʼanaga aylanib bormoqda, — deydi “Aktual tv media” MCHJ rahbari Abduvali Qurbonov. — Bu yilgi tadbirning ovoz berish jarayonida oʻn ming nafardan ziyod hamyurtlarimiz ishtirok etib, davrimiz fidoyilarini aniqlab berdi. Maqsadimiz, bugungi kun qahramonlarini keng jamoatchilikka tanitish va ularning ibratli faoliyatidan oʻrnak olishdan iborat.
Andijon davlat universitetining faollar zalida boʻlib oʻtgan tadbirda jamoatchilik ovoz bergan faollar taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring