Aliment toʻlovchilar sugʻurta polisi orqali xorijga chiqib kelishi mumkin boʻladi
Illyustrativ foto
Kecha, 26-noyabr kuni Adliya vazirligi “Sud hujjati asosidagi ijro hujjatlarini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxslarning Oʻzbekistondan chiqishini vaqtincha cheklash boʻyicha vakolatli davlat organlarining hamkorligi toʻgʻrisida“gi nizomga qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 3196-2).
Unga koʻra, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxslar sugʻurta polisini ilova qilgan holda iltimosnoma bilan murojaat qilganda, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi boʻyicha vaqtinchalik cheklovni toʻxtatib turadi.
Bu kabi sugʻurta turlari tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Sugʻurta polisining mavjudligi Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring