Akademikning dunyo kezgan kitobi oʻzbek tilida
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, akademik Vladimir Lvovich Kvintning oʻzbek tiliga tarjima qilingan “Iqtisodiy va moliyaviy strategiya” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, NDKTU va Navoiy davlat universiteti ilmiy jamoasi hamda Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etdi.
Tadbirda muallifning oʻzi hamda “NKMK” AJ Bosh direktori Q.Sanaqulov qatnashib, yangi darslikning ilmiy-amaliy ahamiyati, strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi zamonaviy yondashuvlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Muallif “strategiya nazariyasi va strategiya metodologiyasi” ilmiy tadqiqotlar sohasida dunyoning mashhur olimlaridan biri hisoblanadi, — deydi NDKTU professori Saodat Bozorova. — Ilmiy tadqiqotlari AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya kabi dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatlarida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jumladan, 2022-yil 12-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Amir Temurning strategik yetakchiligi: tuzuklarga sharhlar” ilmiy monografiyasi uchun fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati boʻlgan.
Tadbir davomida “Yosh strateglar” klubi aʼzolari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek, kelgusidagi hamkorlik loyihalari belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring